Ko‘p qavatli uylarning atrofidagi yer maydonlari kimga tegishli?
SO‘RAGAN EDINGIZ...
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov (AOKA matbuot anjumanidan):
– Hozirgi kunda uy-joy mulkdorlariga kadastr chegarasi aniqlab berilib, biriktirilishi bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlangan. Yaqin orada chiqadi. Bu – belgilangan yer maydoni kadastri chiqqandan keyin qonun bo‘yicha uy-joy mulkdoriga tegishli ekanini anglatadi. Ertaga o‘sha maydonning ichiga hokimlar yoki tadbirkorlar o‘zidan-o‘zi hech narsa qurolmaydi. Qaror chiqqandan so‘ng mulkdorlarning hududiga hech kim daxl qila olmaydi. Qonun bilan himoyalanadi.
O‘zA