Konstitutsiyasi – jamoatchilik nazoratining mustahkam kafolati
Huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, maz¬kur institutlar faoliyatini yanada faollashtirish, jumladan, fuqa¬rolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalasi dolzarb hisob¬lanadi.
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zaruriy shartidir. Ayniqsa, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish, hayotimizning barcha sohalarida liberallashtirish jarayonlarini jadallashtirish, qonunlar ijrosini ta’minlashda davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizda davlat hokimiyatining jamoatchilik oldida mas’ul ekanini belgilovchi qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, Asosiy Qonunimizning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilangan. 19-moddada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning har bir moddasi o‘zbek xalqining an’analari, tarixi, ko‘p millatli xalqimizning irodasi, inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik, xalqaro huquqning umum¬e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda ulug‘ xal¬qimiz tafakkuri durdonalari bilan boyitilgan yuksak ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga asoslangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida Konstitutsiyaviy islohotlar alohida o‘ringa ega. Bu bir tomondan Konstitutsiyani, konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga ikkinchi tomondan, konstitutsiyaviy normalar bilan tartibga soli¬nishi zarur bo‘lgan munosabatlarni yanada to‘g‘ri va kengroq tartibga solishga olib keladi.
2014 yilda 16 aprelda Konstitutsiyamizning 32-modasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar esa jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy maqom bag‘ishladi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi demokratik taraqqiyotning huquqiy negizi, uning mustahkam poydevori va mezonidir. Demokratiya esa, amaldagi xalq hokimiyatchiligining ifodasi bo‘lib, davlat hokimiyatini jamoatchilik nazorati ostida amal qilishini anglatadi.
Bosh Qomusimizda bunday normalarning mustahkamlanganligi, o‘z navbatida davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini olib borishga qodir bo‘lgan turli fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qonunchilik tizimining shakllanishiga zamin yaratdi. Ya’ni yurtimizda jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilgan bo‘lib, u tizimli ravishda rivojlanib bormoqda.
Jamoatchilik nazorati jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabat¬ni ifodalovchi hodisa bo‘lib, u bu ikki ijtimoiy institut o‘rtasida ommaviy va xususiy manfaatlar muvozanatini saqlashga xizmat qi¬ladi. Hozirgi zamon davlat tuzilmalari jamoatchilikning faol nazoratisiz amal qila olmaydi. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqadi.
Ta’kidlash joizki, jamiyatda qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatida qonuniylik va inson huquqlariga rioya etishni kuchaytirishga xizmat qilishi bilan birga, fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasini ham ko‘rsatadi.
Qolaversa, mamlakatimizda jamoatchilikning davlat organlarining faoliyati haqidagi axborotga ega bo‘lish huquqi qator konstitutsiyaviy qoidalardan kelib chiqadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida, har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bosh qomusimizda fuqarolarning bu sohada huquqlarini belgilab beruvchi maxsus normalar ham mavjud. Jumladan Konstitutsiyaning 30-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim”.
Haqiqatan ham, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishning muhim shartlaridan biri fuqarolarning davlat organlari faoliyatiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishi hisoblanadi. Bu kabi axborotga o‘z vaqtida va to‘liq ega bo‘lish, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari faoliyatiga oid ma’lumotlardan foydalana olishi, jamoatchilik nazoratining samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya davlat hokimiyatini shakllantirish, faoliyatini tashkil etishda konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining asosiy qoidalarini ifoda etish bilan birga, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarining rivojlanishi, jamiyat¬dagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlanishi, insonlar ongi va tafakkurining ma’naviy va ma’rifiy yuksalishi uchun poydevor hisoblanadi.
Jamiyatning davlat va undagi fuqarolar bilan muntazam aloqasi samaradorligini ta’minlash, insonlarning manfaat va qiziqishlari, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatini aniqlashning muhim elementlaridan bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati institutini hayotga og‘ishmay to‘g‘ri tatbiq etib borish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
G.B.Nurmuhammedova,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yu.f.d. (PhD), dotsent
F.M.Qodirova,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Xorijiy tillarni o‘rganish kafedrasi katta o‘qituvchisi