Konate Lamin Yamalning provokatsion bayonotiga munosabat bildirdi
Mazkur uchrashuv oldidan «qizil furiya» vingeri Lamin Yamal bayonot berib, ushbu juftlikda kimdir qo‘rqishi kerak bo‘lsa, bu faqat fransuzlar ekanini ta’kidlagan edi.
Jahon chempionatining yarim finali doirasida Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Mazkur uchrashuv oldidan «qizil furiya» vingeri Lamin Yamal bayonot berib, ushbu juftlikda kimdir qo‘rqishi kerak bo‘lsa, bu faqat fransuzlar ekanini ta’kidlagan edi. Uning ushbu so‘zlariga «uch ranglilar» himoyachisi Ibraima Konate javob qaytardi.
«Yamalning gaplarimi? U istagan gapini gapirishi mumkin. Biz o‘yinga eng yuqori darajada tayyorgarlik ko‘ramiz, uchrashuv yakunida esa kimning niyatiga erishganini ko‘rib olamiz.
Ispaniyadan qo‘rqamiz xolosmi? Yo‘q, aslo unday emas. Ochig‘ini aytsam, biz kim nima deyotganiga e’tibor qaratmaymiz. Biz hech kimdan qo‘rqmasligimiz kerak. Musobaqaning bunday hal qiluvchi bosqichida bu kabi tuzoqlarga tushib qolishga haqimiz yo‘q», — deya Konatening so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.
Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 14-iyuldan 15-iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.