Kommunal soha fidoyilari e’zozlandi
O‘zbekiston Respublikasida Kommunal soha xodimlari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tadbir tashkil etildi.
Bosh boshqarma rahbari Dilshod Ro‘zmatov kommunal sohaning yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan mas’ul rahbarlar va sohada uzoq yillardan buyon halol mehnat qilib kelayotgan mutaxassislarni samimiy tabrikladi.

Shuningdek, soha fidoyilariga minnatdorlik bildirib, ularni tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.



Tantana davomida xalqimizga sidqidildan xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir qator faollar "Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan mukofotlandi.
Tadbir barcha qatnashchilarga ko‘tarinki ruh, quvonch va kasbdan faxrlanish tuyg‘ularini baxsh etdi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri