Ko‘mir mahsuloti uzluksiz yetkazib beriladi
“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Namangan viloyat filiali tomonidan iste’molchilarga ko‘mir mahsulotini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Filial tomonidan joriy mavsumda aholi va ijtimoiy soha muassasalariga jami 263,8 ming tonna (shundan 73 ming tonna import) ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Jumladan, aholi xonadonlariga 190 ming tonna (shundan 73 ming tonna import ko‘mir) va byudjet tashkilotlariga 73,8 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi.
[gallery-3257]
bugungi kunda qadar viloyat ijtimoiy soha muassasalari uchun 49 ming tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi yoki ijtimoiy soha rejasi 66.3 foizga bajarildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA