Ko‘makka muhtoj oilalar yo‘qlandi
Ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bayramini xalqimiz keng nishonlaydi. Bu bayramda qurbonliklar qilinib, yaratganga shukrona keltiriladi, kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi ko‘plab ezgu amallar bajariladi.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Xususan, tumandagi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Ro‘ziboy Sattorov hamda hududdagi 20 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8 million 100 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.




E’tibor va g‘amxo‘rlikdan shod dillar minnatdorlik bildirdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.