Kolumbiyada ikki jurnalist otib ketildi
Semana nashrining xabar berishicha, kolumbiyalik jurnalistlar Leyner Montero va Diliya Kontreras mamlakat shimolida Magdalen departamentida qurolli hujum oqibatida halok bo‘lgan, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Fundason va Magdalen hukumatlari ikki jurnalist yo‘l chekkasida otib ketilganini tasdiqlagan. Santa-Rosa-de-Lima tumanida qurolli kishilar jurnalistlar o‘tirgan avtomobilni egallab olishgan", – deyiladi nashr tarqatgan materialda.
Mashinada yana bir OAV vakili bo‘lgan, uning yaralangani aytilmoqda.
Semana nashrining ma’lumot berishicha, ikki yil avval Leynerga Fundason munitsipalitetida ta’sir doirasi katta bo‘lgan mahalliy oiladan tahdid bo‘lgan.