Kolumbiya va Panama chegarasida minglab muhojirlar bor
Kolumbiya va Panama chegarasida 10 mingdan ortiq noqonuniy muhojirlar AQSHga borish uchun to‘planib qolgan, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentli.
Kolumbiya shimolidagi Antiokiya departamentiga qarashli Nekokli shahriga ichki mojarolar va iqtisodiy vaziyat tufayli o‘z mamlakatlarini tark etgan asosan gaitilik bo‘lgan muhojirlar oqib keladi.
Nekokli rasmiylari juda ko‘p oqim tufayli barcha muhojirlarga kerakli yordamni ko‘rsata olmayotganliklarini xabar qilmoqdalar.
Hisobotda aytilishicha, to‘yib ovqatlanmaslik va sog‘liq bilan bog‘liq vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda.
Nekokli matbuot kotibi Vilfredo Menjo Zapata jurnalistlarga shaharda katta inqiroz boshlanganini aytdi.
“Alohida ehtiyojli muhojirlar ko‘p, ularga zarur yordam berilmayapti. Ularning ko‘pchiligi o‘ta xavfli sharoitlarda to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda”, – dedi u. Xususan, oziq-ovqat, boshpana va bolalar tagliklarining keskin taqchilligini ta’kidladi.
10 mingga yaqin muhojir Panama chegarasini kesib o‘tish uchun iskalalarda kutishmoqda.
Ko‘pchilik tunni plyajlardagi chodirlarda o‘tkazmoqda.
Panamaga borgach, muhojirlar o‘rmonlar, botqoqliklar va tog‘lar bilan qoplangan yovvoyi tabiat qo‘riqxonasi Dariyen Gap orqali o‘tishi kerak bo‘ladi.
Panama va Kolumbiyaning bir qismini egallagan Markaziy va Janubiy Amerika chegarasidagi o‘zlashtirilmagan hududning bir qismi muhojirlar uchun xavfli yo‘l hisoblanadi. Uni faqat o‘rmon yo‘llari bo‘ylab piyoda kesib o‘tish mumkin.
Migrantlar botqoqqa qolib ketish va yovvoyi hayvonlar hujumiga duchor bo‘lish xavfi ostida ushbu yo‘llardan yuradi.
Turli xavf-xatarlarga, shuningdek, odam kontrabandachilari tahdidiga qaramay, muhojirlar AQSHga Panama orqali, keyin esa Gvatemala va Meksika orqali yetib borishni orzu qiladi.