Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z mamlakatiga qaytib bormadi
Shveytsariyaga qarshi kechgan uchrashuvning 115-daqiqasida Xaminton Kampas juda qulay vaziyatdan foydalana olmay, to‘pni darvoza ustidan yuqoriga tepib yuborgan edi.
Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xaminton Kampas JCH-2026 nimchorak finalida Shveytsariyadan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan (0:0, penaltilar seriyasida 3:4) so‘ng o‘z vataniga qaytmaslikka qaror qildi. Bunga futbolchining sha’niga kelib tushgan jiddiy tahdidlar sabab bo‘lgan, deya xabar bermoqda taniqli jurnalist Kamilo Pinto o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Gap shundaki, Shveytsariyaga qarshi kechgan uchrashuvning 115-daqiqasida Xaminton Kampas juda qulay vaziyatdan foydalana olmay, to‘pni darvoza ustidan yuqoriga tepib yuborgan edi. Yakunda Kolumbiya terma jamoasi penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng g‘azablangan muxlislar Kampas va uning oila a’zolariga qarshi turli tahdid xatlarini yuborishni boshlashgan. Futbolchi mazkur tahdidlarni o‘ta jiddiy qabul qilgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan jamoa bilan birga Kolumbiyaga uchib ketmaslikni afzal ko‘rgan.