“Kolorado” safarda g‘alaba qozondi
Milliy xokkey ligasi tomonidan o‘tkazilgan chempionatining navbatdagi turi keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Milliy xokkey ligasi tomonidan o‘tkazilgan chempionatining navbatdagi turi keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.“American Airlines Center” majmuasida “Dallas” va “Kolorado” o‘zaro bahslashdi. Unda“Kolorado” jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Nyu-Jersi” va “Filadelfiya” uchrashuvi 3:5 hisobida tugadi. “Reynjers” o‘z muz saroyida “Aylenders”ga 2:7 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “Pittsburg” va “Detroyt”, “Minnesota” va “Vinnipeg” o‘rtasidagi uchrashuvlar bir hil 4:1 hisobida yakunlandi.
Shuningdek, chempionatda “Monreal” – “Boston” 3:4, “Vegas” – “Edmonton” 2:3, “Los-Anjeles” – “Anaxaym” 2:4, “San-Xose” – “Arizona” uchrashuvida 6:5 hisobi qayd etildi.