“KIUT Job Fair – 2026” talabalarga yangi imkoniyat eshigini ochdi
Toshkent kimyo xalqaro universitetida talabalar va yetakchi ish beruvchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil 16-aprel kuni Toshkent kimyo xalqaro universitetida an’anaviy bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi — “KIUT Job Fair – 2026” yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.
Yarmarka davomida talabalar va bitiruvchilar mamlakatning yetakchi kompaniyalari va tashkilotlari vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
[gallery-28788]
Tadbirda yirik korxona va kompaniyalar ishtirok etdi.
Kun davomida universitetning qabul komissiyasi, xalqaro bo‘lim va Koreya ta’lim markazi vakillari tomonidan talabalarga ta’lim imkoniyatlari, grant dasturlari va xalqaro almashinuv loyihalari yuzasidan maslahatlar berildi.
Shuningdek, “Axborot tizimlari muhandisligi” yo‘nalishi talabalari tomonidan innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir doirasida talabalar uchun “Kasbiy charchoqni yengish” mavzusida seminar, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha trening, CV va rezyume tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu treninglar yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.
Yarmarka doirasida madaniy chiqishlar, talabalar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi hamda turli yo‘nalishlarda amaliy namoyishlar tashkil etildi.
Jumladan, amaliy kosmetologiya yo‘nalishi tomonidan yuz diagnostikasi va kosmetologik xizmatlar, liboslar dizayni ko‘rgazmasi, tasviriy san’at yo‘nalishi talabalarining ijodiy ishlari namoyish etildi.
“KIUT Job Fair – 2026” talabalar uchun nafaqat ish imkoniyatlari, balki kasbiy aloqalar o‘rnatish va zamonaviy mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishish imkonini bergan muhim platformalardan biri bo‘ldi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Shahnoza Mamaturopova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA
Reklama huquqi asosida