Kiberxavfsizlik va telekom sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Rossiyaga xizmat safari doirasida professor Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetiga (SPbDTU) tashrif buyurdi.
Uchrashuvda raqamli ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, 5G/6G texnologiyalari, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Tomonlar SPbDTU, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Cyber University o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zbekistonlik talabalar uchun magistratura va PhD imkoniyatlarini oshirishga kelishib oldi.
Shuningdek, telekommunikatsiya texnologiyalari va kelajak avlod aloqa tarmoqlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Vazir universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham uchrashdi.


N.Rahmonova, O‘zA