Kenan Yildiz «Arsenal»ning taklifini rad etdi
«Kanonirlar» 21 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan. Biroq «Yuventus» vakillari muzokara olib borishdan bosh tortgan.
«Yuventus» hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildiz joriy transfer oynasida Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi dargumon.
Jurnalist Matteys Pog xabariga ko‘ra, «Arsenal» 21 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan. Biroq «Yuventus» vakillari muzokara olib borishdan bosh tortgan.
Futbolchining o‘zi ham transferga qiziqish bildirmagan. Yildiz Turinda qolishni istamoqda.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi. Uning «Yuventus» bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Avvalroq «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Yuventus» hujumining yetakchisi hisoblangan Yildizni jamoasida ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.