Kelishuv qimmatga tushdi
Toshkent viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan navbatdagi tezkor tadbirda fuqarodan 1 000 AQSH dollari olgan “Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya Davlat muassasasi xodimi A.I. ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
U buning evaziga O‘rta Chirchiq tuman Tinchlik mahallasidagi 40 metr uzunlikdagi xo‘jalik kollektori (zovur) muhofaza zonasida mevali va manzarali daraxtlar yetishtirishga ruxsat berishni va’da qilgan.
Mazkur holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
O‘zA.