Kechadan boshlab oltin narxida pasayish qayd etildi
O‘tgan hafta kuzatilgan o‘sishdan keyin 16 avgustda oltin narxida pasayish qayd etildi.
“Dollarning mustahkamlanishi va pandemiyadan keyin iqtisodning tiklanishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda UBS Global Wealth Management moliyaviy xoldingi tahlilchilari investorlarni qimmatbaho metallarga mablag‘ tikish masalasini qayta o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi”, deb yozadi Bloomberg.
Oltin narxi unsiyasiga 1900 dollardan 1700 dollarga tushib ketgan, tahlilchilar narx yana pastlashini taxmin qilmoqda. Mablag‘ tikish uchun eng afzal metall platina bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, may oyida tahlilchilar, aksincha, bundan buyon oltin qimmatlashishini bashorat qilgandi.