Kasaba uyushmalari xotin-qizlarni doimo qo‘llaydi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan kam ta’minlangan, yordamga muhtoj, ko‘p bolali hamda yosh oilalarni, nuroniylar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida xotin-qizlarning muammolari “mahallabay” o‘rganildi. 424 ta fuqarolar yig‘inida 30 yoshdan katta bo‘lgan jami 33 ming 813 nafar xotin-qiz 6 toifa bo‘yicha “Ayollar daftari” ga kiritildi.
“Ayollar daftari” ning 3 bosqichiga kiritilgan 32 ming 105 nafar xotin-qizga toifalar bo‘yicha yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarning 12 ming 737 nafarining bandligini ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 3 ming 330 nafar xotin-qizga 30 milliard 680 million so‘m kredit ajratildi. Boquvchisi bo‘lmaganlarga 7 milliard 454 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. Shundan uy-joyni ta’mirlash uchun 1 milliard 444 million so‘m sarflandi.
To‘rtinchi toifadagi ijtimoiy yordamga muhtoj, I va II guruh nogironligi bo‘lgan 5 ming 360 xotin-qizga 6 milliard 241 million so‘m bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 166 nafar xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlandi, 408 nafar ijarada yashovchilarga kompensatsiya to‘lab berildi. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud ehtiyojmand ayollarning 3514 nafariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilib, 447 nafarining tomorqadan unumli foydalanishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek ,qo‘shimcha ravishda 24 ming 283 nafar xotin-qizga, 2 ming 787 nafar xotin-qizning farzandiga tibbiy, 8 ming 65 nafariga huquqiy, 14 ming 811 nafariga psixologik yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, 1 ming188 nafari Samarkand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayohatga, 2 ming 893 nafari madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlarga jalb etildi. 82 nafariga dehqonchilik uchun 21 gektar yer maydoni ajratildi, 94 nafari asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish hamda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, sug‘orish vositalari hamda urug‘liklar, ko‘chatlar sotib olish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun jami 438 million so‘m subsidiya ajratildi. 8 nafar ayolning oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan farzandiga shartnoma to‘lovining bir qismi, oliy o‘quv yurtida taxsil olayotgan 1 nafar ayolning shartnoma to‘lovining bir qismi qoplab berildi.
Xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan tanlovlar o‘tkazilib, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichi g‘oliblari taqdirlanib kelinmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA