Karam eksporti 84,8 ming tonnaga yetdi
Ayni kunlarda ichki bozordan ortgan karam bir qator davlatlarga eksport qilmoqda.
Eramizdan toʻrt ming yillar avval xonakilashtirilgan karamning dunyoda 100 dan ortiq turi boʻlib, uning 7 turi bizning iqlimimizga moslashgan. Bosh karam, rangli karam, savay karami, bryusell karami, xitoy karami, sholgʻam karam va bargli karamlar shular jumlasidan.
Bosh karam dexqonchilikda keng ekiladi. Bargli karam esa chorvachilikda chorva mollari uchun yemish sifatida foydalaniladi.
Boshli karam Oʻrta yer dengizi mamlakatlarida eramizning boshlanish davrlarida yetishtirilgan boʻlsa, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida oʻrta asrlarda keng koʻlamda parvarishlangan. Hozirda subtropik mamlakatlarida Yaponiya, Misr, Janubiy Afrika, Avstraliya, Yangi Zirlandiya koʻplab ekilmoqda.
Biroq, bu mahsulotga boʻlgan talab dunyoda ortib bormoqda. Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, 2020-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy mamlakatga qiymati 18, 4 million dollarga teng boʻlgan karam eksport qilgan.
Ayni kunlarda ichki bozordan ortgan karam bir qator davlatlarga eksport qilmoqda. Misol uchun, joriy yil hisobidan Qozogʻiston – 8,7 mln, Rossiya – 8,1 mln, Qirgʻiziston – 524,5 ming, Ukraina – 518,5 ming dollarga Oʻzbekistondan karam xarid qilgan.
Qayd etish kerakki, 2020-yilning 9 oyida hududlar orasida Surxondaryo viloyati eng koʻp yaʼni 4 438,5 ming dollarga teng boʻlgan karam eksport qilgan. Bu koʻrsatkich jami karam eksportining 24,1 foizini tashkil etadi.