Kanada. Dovulda 8 kishi halok bo‘ldi
Kanadaning Ontario va Kvebek provinsiyalarida sodir bo‘lgan dovul kamida sakkiz kishining hayotidan olib ketdi. 500 mingdan ziyod kishi elektr energiyasi ta’minotidan uzildi, deyiladi "Interfaks.ru" xabarda.
Tezligi soatiga 130 kilometrdan oshgan shamol ta’sirida ustunlarga, elektr tarmog‘iga ziyon yetgan. Halokatli jarohatlarning aksariyatiga daraxt qulashi sabab bo‘lgan.