Kadrlar tayyorlash – muhim masala
Nukusda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Nukusda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashlari, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan, fermerlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi.
Tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirishda qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va uni qayta ishlashda muhim omil bo‘lmoqda.
– Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi mas’ul xodimi Jamol Qaypnazarov. – Joylarda aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirishda fermer xo‘jaliklari alohida ahamiyat kasb etayotir. Sohaga yoshlarni jalb etish, ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish ustuvor vazifalardan biri. Mazkur tadbirda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va soha uchun yosh kadrlarni tayyorlash, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratilgani ahamiyatli bo‘ldi.