Jurnalistlar yirik ishlab chiqaruvchilar faoliyati bilan tanishdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishga qaratilgan press-tur o‘tkazildi.
Mazkur media tadbir viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi hududda amalga oshirilayotgan sanoat islohotlari, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish quvvatlari haqida keng jamoatchilikka atroflicha ma’lumot yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Press-tur doirasida ishtirokchilar viloyatda faoliyat yuritayotgan “Gian Broos”, “Bobur Muhammad”, “Art Soft Tex Holding”, “Chust textile” hamda “Megaton” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Korxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot sifatini oshirish va tashqi bozorlarga chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
[gallery-29071]
Bunday press-turlar hududdagi investitsiya muhitini ochiq va shaffof yoritish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini keng targ‘ib qilish hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA