Jizzaxda yosh qilichbozlar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Qilichbozlik federatsiyasi hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida “Garnizon boshlig‘i kubogi” uchun qilichbozlik bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyish etdi. Shuningdek, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlari ham amalga oshirildi.
[gallery-29826]
Sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar yakuniga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Ro‘zimurod Shakarov birinchi, Nuriddin Toshpo‘latov ikkinchi, Bekjon Jo‘rayev va Abdulla Saydiyev uchinchi o‘rinni egalladi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Mohinur Qarshiboyeva g‘olib deb topildi. Bonu Yaxshilikova ikkinchi, Intizor Abdumalikova va Lobar Karimova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA