Jizzaxda “Tadbirkor, nima muammo bor?” aksiyasi o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Tadbirkor, nima muammo bor?" shiori ostida ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazilayotir.
Aksiya doirasida Adliya, Savdo sanoat palatasi hududiy boshqarmalari va Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni bilan hamkorlikda viloyatidagi mavjud 12 ta kichik sanoat zonalaridagi faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning muammolarini o‘rganib bartaraf etish, ularning qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuvga muvofiq aksiyaning dastlabki tadbiri Jizzax shahridagi "So‘loqli" kichik sanoat zonasida o‘tkazildi.
Aksiya doirasida kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan jami 13 nafar tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularni kiynayotgan muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar, suhbatlar davomida kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning tomonidan soliq, bank sohasida, elektr, suv va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolari borligi ma’lum bo‘ldi. Tadbirkorlarning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni hal etish tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari hududdagi "Haqiqat-Otabek" KTICHK, "As-SHAR Bizness" va “Keys lukc” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, huquqiy maslahatlar berdi.
T.BEKNAZAROV, O‘zA