Jennifer Lopes konserti bo‘lib o‘tdi (+video)
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida amerikalik mashhur qo‘shiqchi Jennifer Lopesning ”Up All Night” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Kino va musiqa olamida birdek yorqin porlaydigan, har bir konserti minglab auditoriyani jamlaydigan xonanda Osiyodagi o‘zining eng katta shousini O‘zbekistonda o‘tkazdi.
Taniqli aktrisa va estrada yulduzining 8 iyuldan 12 avgustga qadar o‘tkazilayotgan jahon gastrolidan 13 mamlakatning 20 ta shahri o‘rin olgan. Ular orasida Ispaniya, Vengriya, Italiya, Turkiya, Polsha, Ruminiya, BAA, Misr, Kozog‘iston, Armaniston kabi davlatlar bor.
Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, 25 mingta chipta sotilgan. Qiziq fakt shuki, ushbu chiptalarning 15 mingdan ortig‘i, ya’ni 67 foizi xorijliklar tomonidan olingan. Shundan 7,5 mingdan ortig‘ini rossiyaliklar, 2,5 mingdan ziyodini kozog‘istonliklar, shuningdek, Yevropa va boshka davlat fukarolari xarid kilgan.
Qayd etish kerak, konsert uchun yurtimizga tashrif buyurayotgan fuqarolar sayohat qilishni ham maqsad qilgan va eng kamida 4-6 kunlik tur paketlar sotib olgan. Hozir turizm mavsumi emasligini hisobga olsak, yozning issiq kunlaridagi sayyohlarning bunday oqimi albatta yaxshi ko‘rsatkichdir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/D7bVrTIe1lo?si=ELW4ovuYczqRMyuQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Iskandar Ismatov (video),
O‘zA