JCH-2026. Mezbon Kanada Qatarni tor-mor keltirdi
Bahs «Vankuver» stadionida o‘tkazildi.
Jahon chempionati 2-turida Kanada Qatarni qabul qildi va o‘ta yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs «Vankuver» stadionida o‘tkazildi.
Mezbonlar safida Kayl Larin (16), Jonatan Devid (29, 45+3, 90+2) va Natan Saliba (64) gol urgan bo‘lsa, qatarlik Muhammad Al Mannai 75-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
O‘yin davomida osiyoliklar 2 ta qizil kartochka olishdi. Humam Al Amin 33-daqiqada, Assim Madibo 53-daqiqada maydondan chetlatildi.
Kanada «B» guruhida 4 ochko bilan peshqadam. Ular Shveysariya bilan bir xil ochko to‘plagan, biroq to‘plar farqi yaxshiroq holatda. Bosniya va Gersegovina hamda Qatar mos ravishda 1 ochkodan to‘plab, 3 va 4-pog‘onalarga joylashgan.