JCH–2026 iqtisodiy daromadi rekord darajaga chiqadi
Turnir bilan bog‘liq barcha tadbirlar yakunlangach, FIFA yakuniy moliyaviy hisobotni e’lon qiladi.
Joriy yildagi mundial tarixdagi eng katta daromad keltiradigan jahon chempionati bo'ladi.
Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilayotgan JCH–2026 iqtisodiyotga misli ko‘rilmagan daromad keltiradi.
Dastlabki baholashlarga ko‘ra, musobaqaning umumiy iqtisodiy ta’siri va daromadi 17 milliard AQSh dollaridan oshadi.
Shuningdek, FIFA turnirning o‘zidan 9 milliard dollardan ortiq daromad olishni rejalashtirmoqda. Bu jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori moliyaviy ko‘rsatkich bo‘lishi kutilmoqda.
Turnir bilan bog‘liq barcha tadbirlar yakunlangach, FIFA yakuniy moliyaviy hisobotni e’lon qiladi.