Jasur Yaxshiboyevning transfer narxi ikki barobar oshdi
Xususan, Belarus chempionati vakillari orasida 25 nafar oʻyinchining narxi oshgan.
Butunjahon futbolchilarining transfer summasini belgilaydigan Germaniyaning “Transfermarkt” resursi Belarus chempionati oliy ligasi vakillarining yangi transfer narxlarini eʼlon qildi.
Xususan, Belarus chempionati vakillari orasida 25 nafar oʻyinchining narxi oshgan.
“Energetik – BGU” futbolchisi Jasur Yaxshiboyevning transfer summasi ikki karra oshdi. Transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli boʻlgan Jasur Belarus chempionatiga ijara asosida koʻchib oʻtganida uning narxi 300 ming yevroga baholangan edi.
Yarim yil davomida legioner sifatida mahoratini namoyish etib kelayotgan hamyurtimizni oʻz jamoasiga qoʻshmoqchi boʻlganlar “Paxtakor” bilan kamida 600 ming yevro taklif qilgan holda savdolashishi kerak boʻladi.
Jasur Yaxshiboyev yangi reytingga koʻra, “Energetik – BGU”ning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. Albatta, uning oʻyini ham shunga yarasha boʻlmoqda. Belarus chempionati boshlanganidan buyon musobaqaning eng kuchli futbolchilari reytingida birinchi oʻrindan tushgani yoʻq.
Bundan tashqari, Jasur Yaxshiboyev 14 ta uchrashuvda 9 ta gol urib, toʻpurarlar bahcida ham yetakchilik qilmoqda. Ayni paytda oʻzbekistonlik legionerga boshqa klublardan ham taklif tushmoqda.