Jarqo‘rg‘onda hokim o‘zgardi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jarqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Elmurod Avazov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Tuman hokimi lavozimiga Ilhom Ochilovich Saparov yangi hokim etib tayinlandi.
Ilhom Saparov 1975-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Termiz davlat universitetining bakalavriat, 2011-yil magistratura bosqichini tamomlagan.


Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi hamda madaniyat boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sessiyada viloyat hokimi U.Qosimov so‘zga chiqdi.
X.Mamatrayimov,O‘zA muxbiri