“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Janubiy Ustyurt” milliy bog‘ini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qo‘ng‘irot tumani hududida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 million 447 ming 143 gektarga ega bo‘lgan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i barpo etiladi.
Tabiat bog‘ining xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi.
Tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bog‘ Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatdarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ushbu me’riy hujjat bilan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ining umumiy maydoni, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘iga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydoni hamda Tabiat bog‘i ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlandi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA