Janubiy Koreyada vertolyot halokatga uchradi
Janubiy Koreya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tegishli vertolyot juma kuni Marado oroli yaqinida suvga quladi.
Natijada ikki nafar ekipaj a’zosi nobud bo‘ldi. Ekipaj a’zolaridan biri qutqarilgan, yana birining taqdiri hozircha noma’lum, deya xabar berdi "Ryonxap" axborot agentligi mahalliy hokimiyat vakiliga tayanib.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda ishlab chiqarilgan, sahnida to‘rt kishi bo‘lgan “Sikorsky S-92” vertolyoti sohildan 370 kilometr janubi-g‘arbda, kunduzi 13:32 da qulagan.
Falokat natijasida 51 va 28 yoshli ikki yordamchi uchuvchi hayotdan ko‘z yumdi. 47 yoshli pilotni sohil xavfsizlik xizmati xodimi qutqargan. 42 yoshli mexanik esa bedarak.