Janubda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlar uyiga kuzatildi (+video)
FOTOREPORTAJ
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Kakaydi garnizonlaridagi harbiy qismlarda yigitlik burchini o‘tab, rezervga bo‘shatilgan muddatli harbiy xizmatchilar tantana bilan uyiga kuzatildi.
Marosimda so‘z olganlar yigitlik burchini munosib bajarib, uyiga yorug‘ yuz bilan qaytayotgan askarlarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-16663]
Tantana davomida bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalari hamda askarlarning ota-onalariga tashakkurnomalar, faxriy yorliqlar topshirildi.
Shundan so‘ng yoshlar Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan taqdim etilgan maxsus harbiy eshelon bilan harbiy orkestr sadolari ostida qadrdon maskaniga kuzatildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jpElsO-7bY8" title="anubda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan askarlar uyiga kuzatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA