Janubda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday harbiy-vatanparvarlik tadbiri Surxondaryo viloyatining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan Sariosiyo tumanining Galabo‘ta mahallasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etildi.
[gallery-13127]
Bayram tadbirida harbiy xizmatchilar aholiga xushkayfiyat ulashish, eng ulug‘ va eng aziz bayram – mustaqilligimiz shukuhini xalqimiz orasida keng targ‘ib etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatdi.
Harbiy orkestr, faxriy qorovul chiqishlari barchada birdek taassurot qoldirdi. Vatan tinchligini asrash, uning har qarich yerini ko‘z qorachig‘idek himoya qilish kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan film namoyishi esa yoshu qarini birdek to‘lqinlantirdi. Shu yerning o‘zida tashkil etilgan sport musobaqalari ham hech kimni befarq qoldirmadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA