Jangovar shaylik — Vatan himoyasining mustahkam qalqoni
FOTOREPORTAJ
Nukus garnizonida harbiy xizmatchilarning jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.
Tadbirning ochilish marosimida harbiy xizmatchilarga belgilangan vazifalar, sinovlarning mazmun-mohiyati va ularni o‘tkazish tartibi tushuntirildi. Shundan so‘ng harbiy xizmatchilarning xizmat yuk xaltasi bilan harakatlanishi, saf tayyorgarligi va boshqa yo‘nalishlardagi ko‘nikmalari baholandi.
[gallery-31420]
Tekshiruvning dastlabki kunida boshqaruv apparati ofitserlarining jangovar topshiriqlarni bajarishga tayyorgarligi, komandirlik tayyorgarligi, shuningdek, belgilangan mutaxassisliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari test sinovlari orqali baholandi. Belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi ham sinovdan o‘tkazildi.
Tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar bilim va ko‘nikmalari bilan bir qatorda iroda, tezkorlik, chidamlilik hamda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish mahoratini namoyon etdi.
Nukus garnizonida davom etayotgan inspektorlik tekshiruvi harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi, jismoniy tayyorgarligini oshirishi hamda jangovar vazifalarni bajarishga tayyorgarlik darajasini baholashga xizmat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA