Jahongir Zokirov Braziliyadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
Braziliyaning Fos du Iguasu shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida World Boxing tashkiloti kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Mazkur kubokda 49 ta mamlakatdan 400 ishtirokchi qatnashmoqda. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 nafar bokschi bilan bahslarga kirishgan.
Musobaqaning navbatdagi kunidan o‘rin olgan +90 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Jahongir Zokirov ruminiyalik Florian Ionitaga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu qarama-qarshilikda kutilganidek charm qo‘lqop ustamiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda quyidagi bokschilarimiz 23-aprel kuni ringga ko‘tariladi:
-48 kg. Farzona Fozilova — Hafsi (Tunis)/Fahir (Marokash);
-51 kg. Feruza Kazakova — Radiya Gama (Braziliya)/Maksi Kloze (Germaniya);
-65 kg. Navbahor Hamidova — Anna Jenni (Shveysariya)/Mena Yuli (Venesuela).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA