Jahon tartiboti o‘zgarishlar chorrahasida (+video)
“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi
Bugun dunyo xalqaro munosabatning odatiy qolipi o‘zgarayotgan, geosiyosiy kuchlar nisbati qayta shakllanayotgan murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Yirik davlatlar o‘rtasida strategik raqobat kuchayishi, mintaqaviy mojaro, savdo urushi, energetika xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlar, texnologiya ustunligi uchun kurash jahon siyosatining yangi manzarasini belgilamoqda.
Globallashuv davrida xalqaro maydonda yangi kuch markazlari tobora faollashmoqda. Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining global jarayonga ta’siri ortib, an’anaviy siyosiy va iqtisodiy markazlar bilan bir qatorda, yangi mintaqaviy kuchlar ham o‘z manfaatini qat’iyroq ilgari surmoqda. Bu holat dunyo bir yoki ikki qutbli tizimdan ko‘ra murakkabroq – manfaatlar va kuch markazlari ko‘p tartibot sari harakatlanayotganini ko‘rsatadi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham yaqinda dunyo tobora ko‘p qutbli tus olayotganini ta’kidlab, global boshqaruv tizimi zamonaviy voqelikka moslashishi, bu jarayonda rivojlanayotgan mamlakatlar ovozi va manfaati kengroq aks etishi zarurligiga e’tibor qaratdi.
Ta’kidlash joiz, bugungi o‘zgarishlar faqat yirik davlatlar kuchlari nisbati bilan bog‘liq emas. Muammo amalda Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan xalqaro institutlar yangi davr talabiga qay darajada javob bera olishida ham namoyon bo‘lmoqda. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, xalqaro moliyaviy institutlarda rivojlanayotgan mamlakatlar ishtirokini kuchaytirish va global qaror qabul qilish mexanizmini yanada adolatli shakllantirish masalasi kun tartibiga chiqmoqda.
Jahon haqiqatan yangi ko‘p qutbli tartibot sari boryaptimi?
Yirik davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat xalqaro xavfsizlik manzarasini qanday o‘zgartirmoqda?
Yaqin Sharqda davom etayotgan ziddiyat global energetika, transport va savdo tizimiga qay darajada ta’sir ko‘rsatmoqda?
O‘zA ushbu savollarga atroflicha javob izlab, jarayonni xolis baholash, jahon siyosatining bugungi manzarasi, shakllanayotgan yangi kuchlar muvozanati hamda kelgusi global tartibotning ehtimoliy qiyofasi xususida fikrlashish uchun ekspertlarni suhbatga chorladi.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/h017LS25Xuw?si=I5MXPf6751tXOOnZ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir ALIMOV,
Iskandar ISMATOV (videomuhandis),
O‘zA