Jahon shaxmat toji uchun bahs Jenevada o‘tkaziladi
Shaxmat ishqibozlari orziqib kutgan tarixiy musobaqa – 2026-yilgi Jahon shaxmat toji uchun hindistonlik Gukesh Dommaradju va hamyurtimiz Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahs qaysi mamlakatda o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) xabariga ko‘ra, mazkur o‘ziga xos bahs Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etiladi.
Amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaradju hamda 2025-yilgi Jahon kubogi sohibi, da’vogarlar turniri g‘olibi, hamyurtimiz Javohir Sindorov o‘rtasidagi o‘yin joriy yilning 25-noyabr-15-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon shaxmat toji uchun o‘tkaziladigan musobaqani qabul qilishga AQSH, Kipr, Shveysariya va Hindiston mamlakatlari da’vogarlik qildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA