Jahon savdo tashkiloti sari muhim qadam
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga:
eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyotini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi.
Eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024 yil 31 dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun 2025 yil 1 fevralga qadar belgilangan tartibda subsidiya va kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mazkur Farmon 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zA