Jahon hafta ichida
O‘tgan hafta dunyo bo‘ylab turli qiziqarli hodisalarga boy bo‘ldi va o‘ziga xos tarzda yodda qoldi. Odatga ko‘ra, e’tiboringizga “Jahon hafta ichida” rukni orqali o‘tgan haftaning eng muhim voqealari qisqacha tafsilotini suratlar yordamida havola etamiz.

Fuqaro muhofazasi xodimlari Isroil kuchlarining G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus omboriga bergan zarbasidan keyin yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda.

Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Mach 33” AI moda ko‘rgazmasida odamsimon robot chiqish qilmoqda.

“PSJ” jamoasi “Arsenal” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Yevropa “taxtini” o‘zida saqlab qoldi va futbol tarixidagi eng buyuk klublar qatoridan joy oldi. Fransiya giganti sport tarixida kamdan-kam kuzatiladigan natijaga erishib, yarim asrdan beri o‘zgarmasdan kelayotgan rekordni yangiladi.

O‘t o‘chiruvchilar Ruminiyaning Galati shahrida ko‘p qavatli uylarning biriga dron urilishi natijasida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirib, atrofni kuzatmoqda.

Argentinaning Xuxuy provinsiyasidagi El Moreno shahrida odamlar “Chani bolasi” deb nomlangan inklar davri mumiyasining qaytarilish marosimida ishtirok etmoqda. Ta’kidlanishicha, bu bolaning jasadi 1905-yilda tog‘ning qariyb 5900 metr balandligida muzlagan holda topilgan bo‘lib, Buenos-Ayresdagi muzeyda qariyb 120 yil saqlanganidan so‘ng mahalliy tub aholi jamoasiga qaytarildi.

Armanistonning Yerevan shahrida Respublika kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan harbiy paradda harbiy yuk mashinasi uchuvchisiz jangovar uchish apparatini olib ketmoqda.

Kongo Demokratik Respublikasida “Qizil Xoch” xodimlari “ebola” virusi tufayli vafot etgan marhumning tobutini dezinfeksiya qilmoqda.

Har yilgi Haj ziyorati paytida shaytonni toshbo‘ron qilish marosimining birinchi kunida musulmon ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Mina vodiysida to‘planmoqda.

Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinida langar tashlagan kemalar.

Qutqaruvchilar Filippinda qurilayotgan to‘qqiz qavatli binoning qulashi oqibatida vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirayotgan payt.

Ishtirokchilar Britaniyaning Brokvort shahri yaqinida har yili o‘tkaziladigan tog‘dan tushish musobaqasida qatnashmoqda.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining har bir turniri rasmiy surat bilan taqdim etilgan, bu an’ana 1930-yilda boshlangan va hozirgacha davom etmoqda.

Musulmon ayollar Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasi Butuh qishlog‘idagi maydonda Qurbon hayiti ommaviy namozini ado etishdan oldin Sindoro tog‘ini suratga olmoqda.

“Ford” filmi uchun “Oltin palma” mukofoti sovrindori rejissyor Kristian Mungiyu Fransiyada bo‘lib o‘tgan 79-Kann kinofestivalining yopilish marosimidan so‘ng suratga tushmoqda.

2024-yilda amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning Vena konsertiga hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan avstriyalik ayblanuvchi Beran A Viner-Noyshtadt shahridagi sud zalida xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib ketilmoqda.

Qadimiy jang san’ati ustalari Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Jiayu dovonida mashq qilmoqda.

Kiprning Nikosiya shahrida quyosh botishi payti bino balkonidan atrofni kuzatayotgan odam.

Gretsiyaning Afina shahrida Isroil elchixonasi qarshisidagi binoga ulkan Falastin bayrog‘ini osib qo‘ygan namoyishchilar G‘azoga yordam flotiliyasi to‘xtatilganiga qarshi norozilik aksiyasi uyushtirmoqda.

Hindistonning Dehli shahrida jazirama tufayli qurib qolgan Sanjay ko‘lining bir qismida o‘lik baliq yotibdi.

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Rim shahridagi Doria Pamfili villasida uchrashdi.
O‘tkir Alimov, O‘zA