Jahon chempioni Dmitriy Bivol O‘zbekistonda
Yarimog‘ir vazn toifasida WBA kamari sohibi, rossiyalik Dmitriy Bivol navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekistonga keldi.
Bokschi uch hafta davomida O‘zbekistonda mamlakatimiz bokschilari bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, u katta ehtimol bilan may oyida Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilishi ehtimoldan yiroq emas.
O‘zA