Jahon chempionati tarixidan - Meksika-1986
Bu turnir futbol olamiga Diego Maradonaning betakror mahoratini va «Asr goli»ni taqdim etgan.
Jahon chempionatlari tarixiga sayohatimizni davom ettiramiz. Navbat 1986-yilda Meksika mezbonlik qilgan mundialga. Bu turnir futbol olamiga Diego Maradonaning betakror mahoratini va «Asr goli»ni taqdim etgan.
Turnirning asosiy ko‘rsatkichlari:
Muddati: 1986-yil 31-may – 29-iyun
Ishtirokchilar: 24 ta terma jamoa
O‘yinlar soni: 52 ta uchrashuv
Umumiy gollar: O‘rtacha har o‘yinga 2,5 tadan
Eng yaxshi to‘purar: Gari Lineker (Angliya) — 6 ta gol
Tomoshabinlar tashrifi: 2 394 031 nafar
Rasmiy to‘p: Adidas Azteca (ilk bor to‘liq sintetik to‘pdan foydalanilgan)
Maskot: Pike (Pikilo qalampiri) Intizom:
Sariq kartochkalar: 138 ta, Qizil kartochkalar: 7 ta
Kuchli uchlik:
Chempion: Argentina (o‘z tarixida ikkinchi bor)
Vitse-chempion: FRG (Germaniya Federativ Respublikasi)
Uchinchi o‘rin: Fransiya
Final dramasi: Hal qiluvchi bahsda Argentina va FRG terma jamoalari to‘qnash kelishgan. Hayajonga boy o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida «albiseleste»ning g‘alabasi bilan yakunlangan. Diego Maradona sardorligidagi jamoa dunyoda tengsiz deb topilgan.