Jahon chempionati: Shahobiddin Zoirov yarim finalda
Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlariga start berildi.
Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlariga start berildi.
Chorak final bosqichini vakillarimizdan Shahobiddin Zoirov (-52 kg) bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi bahs bilan boshlab berdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv yakuni bo‘yicha Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, bokschimiz o‘zi uchun jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi. Hamyurtimiz finalga chiqish uchun fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi.