Jahon chempionati Kongo muxlislarisiz o'tishi mumkin
Politico, CNN hamda boshqa bir qator nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Ebola virusi sabab kuchaytirilgan sanitariya nazoratini joriy qilgan.
Kongo terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat sabab ko'plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatda kasallik avj olayotgani fonida kongolik futbolchilarning AQSh, Kanada va Meksikaga kirishiga ruxsat berilishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq muxlislar uchun vaziyat ancha murakkab, ular AQShga umuman kiritilmasligi ehtimoli bor.
Politico, CNN hamda boshqa bir qator nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Ebola virusi sabab kuchaytirilgan sanitariya nazoratini joriy qilgan. Shu bois Uganda, Kongo DR va Janubiy Sudanga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolarning mamlakatga kirishiga cheklov qo‘yilgan.
Hatto ushbu taqiq Jahon chempionati boshlanguniga qadar bekor qilinsa ham, Kongodan keladigan muxlislar o‘yinlarga bora olmasligi mumkin. Sababi, AQShga kirganidan so‘ng ulardan bir necha haftalik karantin va izolyatsiya talablariga amal qilish so‘raladi.