Jadidlar merosi — yosh avlod qalbida
FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, jadid bobolarimizning ibratli hayoti va boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga qaratilgan “Biz jadidlarni o‘rganamiz” shiori ostida “Bir oyda bir kitob” loyihasi doirasida tanlov bo‘lib o‘tmoqda.
Loyiha joriy yilning fevral oyidan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Uning doirasida Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy kabi buyuk jadidlarning hayoti va ijodi o‘rganilmoqda. Tanlov kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilyapti.
- Loyihani boshlaganimizda 300 nafarga yaqin o‘quvchi qatnashgan edi, - deydi maktab direktori Shohruh Vaqqosov. - Bugungi kunda esa 700 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz faol ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida har oyda bir jadid adibining asarlari o‘rganilib, tahlil va mushohadalar asosida ikki bosqichda tanlov tashkil qilinmoqda. G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilyapti.
[gallery-23605]
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA