“Ittifoq Billur Kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Yosh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ittifoq Billur Kubogi” futbol musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Xorazm viloyatida tashkil etilgan mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, shuningdek, turli tuzilmalar va harbiy jamoalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Bellashuvlarda harbiy qismlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa sohalar vakillaridan iborat jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuvlar davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamkorlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etdi.
[gallery-30066]
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rin Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli harbiy qism jamoasi ikkinchi, 11-son tergov hibsxonasi jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlanganidek, bunday sport musobaqalari yosh harbiy xizmatchilarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlash, ularda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, sport orqali do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA