IT sohasidagi ayollar yutuqlari e’tirof etildi (+video)
Raqamli texnologiyalar vazirligida ayollarning axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlariga bag‘ishlangan “Yulduz Tech Awards” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan maqsad xotin-qizlarning IT rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish, qo‘llab-quvvatlash va professional aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Taqdirlash marosimida 25 nafar xotin-qizga IT sohasida erishgan yuksak yutuqlari uchun esdalik statuetkalari topshirildi. Bu mukofotlar ularning mehnati e’tirofi, kasbiy mahorati va kelajak avlodlar uchun ilhom timsoliga aylandi.
Tadbir doirasida intellektual viktorina ham bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar texnologiya va uni rivojlantirishda ayollarning o‘rni haqidagi bilimlarini namoyish etdi. Viktorina g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir tajriba almashish, aloqalarni yo‘lga qo‘yish, murabbiylik va ta’lim tashabbuslarining ahamiyatini muhokama qilish uchun maydonga aylandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7flaiF1OJk4" title="IT sohasidagi ayollar yutuqlari e’tirof etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tashkilotchilar IT sohasida ayollar salohiyatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish maqsadida “Yulduz Tech Awards” mukofotini yillik tadbirga aylantirishni rejalashtirmoqda.
N.Rahmonova,
A.Sodiqov (video), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA