Istiqlol shukuhi qalblarda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” bosh g‘oyasi asosida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva va viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida mehnat jamoalaridagi faolligi, tashabbuskorligi va jamoat ishlaridagi ishtiroki bilan alohida e’tirof etilgan bir guruh faollarga Navoiy viloyati Kengashining bayram sovg‘alari topshirildi.
[gallery-31142]
Bayramona kechada san’atkorlarning diltortar kuy-qo‘shiqlari va jozibali chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yangragan dilbar taronalar tadbirga yanada fayz bag‘ishlab, Mustaqillik bayrami shukuhini oshirdi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA