Iste’dodli sportchilar maskani
Nukus shahridagi sport gimnastikasiga ixtisoslashgan 4-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Nukus shahridagi sport gimnastikasiga ixtisoslashgan 4-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan.Maktab o‘quvchilari nufuzli sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Xususan, Miyribek Uzoqboyev mamlakat chempionati musobaqalarida 7 bor g‘olib bo‘lgan. 2012-yili Germaniyada va 2014-yili Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.