Isroil Ukrainaga qurol sotmaganini aytdi
Isroil faqat tibbiy va gumanitar yordam bilan cheklanib, Ukrainani qurol bilan ta’minlamadi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Beni Gans bayonot berdi.
“Aniqlik kiritmoqchimanki, biz Ukrainaga qurol sotganimiz yo‘q. Biz ularga tibbiy va gumanitar yordam ko‘rsatdik, xolos”, dedi "Kol Chay" radiosiga bergan intervyuda vazir.
Gans Ukraina Isroildan hech qanday qurol olmaganini bir necha bor ta’kidladi va ilgari bunday aslahani yetkazib berishni boshlash tarafdori bo‘lgan Isroil Diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Naxman Shay so‘zlariga izoh berdi.
“Shayning da’vosi mutlaqo noto‘g‘ri. Men Mudofaa vaziriman va Isroilga qurol eksport qilish uchun mas’ulman”, deb ta’kidladi Gans.
Bir necha kun avval Rossiya xavfsizlik kengashi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Isroilning Ukrainaga qurol yetkazib beradigan bo‘lsa, ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishini aytgan edi.
O‘zA
(A.G‘ulomov)