Isroil Prezidenti: Eron dunyoga tahdid solmoqda
Eron o‘rnatilgan dunyo tartibiga tahdid ekanini isbotladi, bu mamlakat rasmiylariga ishonib bo‘lmaydi. Ayni fikrni Isroil Prezidenti Isxak Gersog Germaniyaga safari davomida aytgan. Ma’lumotni Isroil ma’muriyati matbuot xizmati xabari tasdiqlaydi.
Isroil yetakchisi Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga murojaat qilib, fikrini quyidagicha ifoda etdi: “nafrat kuchlari birinchi navbatda Erondan keladi”.
U “Eron ochiqdan-ochiq Isroilni yo‘q qilishga intilmoqda va jahon hamjamiyati bunga qarshi qat’iy munosabat bildirishi kerak”, deya ta’kidladi.
Isroil butun dunyo bo‘ylab o‘z fuqarolarini va yahudiy jamoalarini himoya qilishda sobit qadamdir”, dedi Isxak Gersog.