Isroil poytaxti Tel-Avivda terrorchi yo‘q qilindi
Isroil xavfsizlik kuchlari keng ko‘lamli qidiruv operatsiya natijasida bir kun avval Tel-Aviv shahrida ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchini yo‘q qilgani ma’lum bo‘ldi.
“Thye Times of Israel” nashri xabariga ko‘ra, payshanba kuni kechqurun jinoyatchi Isroil poytaxti markazidagi gavjum Dizengoff ko‘chasidagi barga qarata o‘q uzgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, uch kishi og‘ir tan jarohati olgan.
Politsiya dastlab voqeani “millatchilar terakti” deb qabul qilgan, keyinroq boshqa taxminlar ham paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shuning uchun xavfsizlik kuchlari voqea sodir bo‘lgan hududda istiqomat qilayotgan fuqarolardan uyda qolishni so‘ragan.
Kazinform tarqatgan xabarda hujum qilgan shaxs 28 yoshli fuqaro ekani ta’kidlangan.
Aytishlaricha, bugun tongda u Yaffa shahridagi masjid yaqinidagi otishma paytida Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan otib tashlangan.