Ismailov Ilxom Tursunbayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Urbanizatsiya jarayonlarini bashoratlashda sun’iy intellektga asoslangan model va algoritmlar” mavzusida
Ismailov Ilxom Tursunbayevichning 05.01.11-“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha “Urbanizatsiya jarayonlarini bashoratlashda sun’iy intellektga asoslangan model va algoritmlar” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.13/30.12.2021.T.142.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 21-fevral kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-2 mavzesi, 17A uy.
Tel.: (99871) 263-41-98
e-mail: info@airi.uz